Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish maqsadida Belgiyaning Gent Universiteti bilan hamkorlik o’rnatilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021-yil 6-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 23-sonli Bayonni ijro etish doirasida Elchixona Belgiyaning Gent Universiteti Tillar fakulteti dekani professor Stef Stembruk bilan uchrashuv o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-may kuni “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5117-sonli qarori qabul qilindi. Yuqoridagi amaliy ishlar natijasi o’laroq oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishni rivojlantirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berildi.

Jumladan, 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlari ikki baravarga, davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlarini esa uch baravarga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Shu munosabat bilan 2021-yil 11-iyun kuni Samarqand viloyati hokimligi hamda O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi ko‘magida Belgiya Gent Universiteti vakillari va yurtimizdagi ta’lim muassasalari mas’ullari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida muzokaralar ikki tilda, ya’ni ingliz hamda fransuz tillarida olib borildi.

Ushbu uchrashuv tanishuv va o‘zaro hamkorlik takliflarini tinglash tartibida o’tkazildi. Unda asosan Gent Universiteti tajribasidan foydalanish, fransuz tili o‘qituvchilarini taklif etish kabi masalalar bo‘yicha takliflar almashinildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish