Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Altay davlat pedagogika universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi


2021-yil 17-iyun kuni Altay davlat pedagogika universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti vakillari o’rtasida ZOOM dasturi orqali onlayn uchrashuv tashkil etildi.

O’tkazilgan ushbu uchrashuvda qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olib, ikkinchi bosqichni tamomlagan rus tili yo‘nalishi talabalarini 3-4 bosqichni hamkor oliygoh, ya’ni Altay davlat pedagogika universitetida davom ettirishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalarning o’qishini davom ettirishlari uchun u yerda talabalarga barcha yetarli shart-sharoitlarni yaratib berish, hujjatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish va ushbu jarayonda qilinadigan sarf-xarajatlar to'g'risida fikr-mulohazalar almashinildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish