Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Prezidentimizning Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasida ta'lim sohasiga oid ilk qabul SamDCHTI rektori tashabbusida amalga oshirildi


Bugun, 25-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinovning jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun shaxsiy qabuli o’tkazildi.

Jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun o’tkazilgan ushbu qabul bevosita O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 16-iyun kuni qabul qilingan “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Jarayon davomida fuqarolar o’zlarining taklif hamda mulohazalari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar, muammolar joyida o’rganildi va ularning yechimlari xususida mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish