Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Parlamentlararo ittifoq xalqaro tashkiloti Bosh kotibi Martin Chungong va Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinovlar ta’lim tizimini rivojlantirish borasida fikr hamda mulohazalar almashishdi


Xabaringiz bor, joriy yilning 25-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasida Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun shaxsiy qabuli o’tkazilganligi to’g’risida xabar bergan edik.

Ayni paytda rasmiy tashrif bilan Samarqand viloyatida bo’lib turgan martabali mehmon Parlamentlararo ittifoq xalqaro tashkiloti Bosh kotibi Martin Chungong O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasiga kelib, aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shu o’rinda Martin Chungong Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, Inson huquqlari (ombudsman)ning Samarqanddagi vakili Ilxomjon Tuxtasinov bilan uchrashdi. Jumladan, ular ta’lim tizimini rivojlantirish borasida fikr hamda mulohazalar almashishdi. Qabulxonaning aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, davlat tashkilot va idoralarining ochiqlik tarzida ish  olib borayotganligi tashrif buyurgan mehmonlarning qiziqishi ortishiga sabab bo’ldi.

Shuningdek, jarayon davomida Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan o’zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilingan o’zbek adabiyotining nodir asarlari martabali mehmon e’tiborini tortdi.

Shundan so’ng, ushbu nodir tarjima asarlar Samarqand davlat chet tillar instituti rektori tomonidan Martin Chungongga tuhfa etildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

 

 

chop etish