Bosh sahifa Yangiliklar Nutqlar

Yangi O’zbekiston yoshlari, sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklab, sihat-salomatlik, baxt va omad tilayman


Samarqand davlat chet tillar instituti

Bugungi shiddatli zamonda, global miqiyosda raqobat kuchayib borayotgan murakkab vaziyatda yuksak intellektual salohiyatga ega kadrlarga ehtiyoj har qachongidan ham ortib bormoqda. Shu bois Prezidentimiz tashabbuslari bilan ulkan va mas'uliyatli vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda yoshlar siyosati doirasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, siz aziz yoshlarga e’tibor har qachongidan ham kuchaytirilmoqda. Buning tasdig’i sifatida 2021-yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilinishi, yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovini oshirish maqsadida oliygohlar hamda qabul kvotalari sonining oshirilishi, chekka tuman va qishloqlarda universitet va institutlar filiallarining ochilishi, shuningdek, umumta’lim maktablari hamda akademik litsey o’quvchilari uchun ham keng miqiyosida shart-sharoitlarning yaratilayotganligi kabilarni keltirishimiz mumkin.

Ayni shu maqsadda yurtimizning barcha viloyat va tumanlarida, shahar va qishloqlarimizda yangi-yangi ta'lim dargohlari qatorida madaniyat va san'at maskanlari, sport inshootlari barpo etilib, yoshlar ixtiyoriga topshirilmoqda. 

Siz, aziz yoshlar uchun yangilanayotgan ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanishingiz lozim. Kelgusida Vatamiz taraqqiyotini, yurtimiz ravnaqini yuqori cho’qqilarga olib chiqishingiz asosiy vazifangizdir. Sizlarning mana shunday dunyo miqiyosidagi yuksak marralarni zabt etishingizda biz va butun jamiyat hormay-tolmay tinimsiz mehnat qilishni o’z burchimiz deb bilamiz.

Yangi O’zbekiston yoshlari, sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilayman.

Ilhomjon To’xtasinov,

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori.

chop etish