Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Samarqand davlat chet tillar instituti va mahallalar o’rtasida hamkorlik aloqalari davom etadi


Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Samarqand shahrida joylashgan “Vatanparvar” mahallasi bilan hamkorlik aloqalari davom etmoqda. Jumladan, mahalla aholisining ijtimoiy holati o’rganilib, mahalla faollari bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshirilishi zarur bo’lgan ishlar belgilab olindi.

Institutning Ingliz tili-II fakulteti jamoasi tomonidan mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar uchun “Eng yaxshi kitobxon”   ko’rik tanlovi tashkil etildi. Tanlovda mahalla yoshlari o’zlari yoqtirgan adiblarning asarlari to’g’risida fikrlarini bildirishdi. Shuningdek, ingliz tilida she’rlar, qo’shiqlar kuylashib, tadbir ishtirokchilari bo’lishdi.

Ushbu tanlovda faol ishtirok etgan mahalla yoshlari qimmatbaho sovg’alar hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish