Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Xorijiy davlat oliygohlari ishtirokida “Shaping the Science – 3” mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi


Bugun, 24-avgust kuni Samarqand shahrida Markaziy Osiyo hamda boshqa mintaqalardan kelgan talabalar, o’qituvchilar va tadqiqotchilar uchun tilshunoslik tadqiqotlari bo’yicha mavjud bilim va tajribani oshirish maqsadida O’zbekiston, Buyuk Britaniya, AQSH, Ukraina, Rossiya va boshqa xorijiy davlat vakillari ishtirokida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi.

Mazkur konferensiyani tashkil etishdan asosiy maqsad talabalar hamda tadqiqotchilarni birlashtirish va dunyoning turli burchaklaridan kelgan hamkasblar bilan tanishish, bilim va tajriba almashish bo’ldi.

Konferensiyada xorijiy hamda yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari vakillari qatorida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori ham ishtirok etdi, jumladan, o’z chiqishi davomida xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatishda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, istiqbolli rejalar to’g’risida taqdimot o’tkazdi.

Konferensiya yakunida oflayn va onlayn ta’limda mumkin bo’lgan eng yaxshi saboqlarni berishning texnikasi va usullari to’g’risida fikr-mulohazalar almashinildi..

O’zbekistondagi OAV manbaalari qatorida Gretsiya, Rossiya hamda Ukraina davlatlarining OAV vakillari jarayonni mahalliy va xalqaro miqiyosida efirga uzatishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish