Bosh sahifa Yangiliklar Nutqlar

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori barcha vatandoshlarimizni mustaqilligimizning 30 yillik bayrami bilan muborakbod etadi


Samarqand davlat chet tillar instituti

 

Assalomu alaykum, qadrli va muhtaram vatandoshlar!

Avvalo, siz azizlarni, koʻp millatli butun xalqimizni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Moʻtabar otaxon va onaxonlarimizga, munis opa-singillarimizga, aziz yoshlarimizga, barcha-barcha yurtdoshlarimga oʻzimning yuksak ehtiromimni bildiraman.

Hech shubhasiz, barchamiz uchun eng ulugʻ va muqaddas boʻlgan bu bayram shukuhi oilalarimiz davrasida, qalblarimizda, yuraklarimizda davom etadi.

Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan “Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” mavzusidagi intervyusi barcha yurtdoshlarimizni o‘z Vatani uchun nima qilishi kerakligini anglashiga, Yangi O‘zbekistonni har tomonlama obod va farovon mamlakatga aylanishiga o‘z hissalarini qo‘shishiga xizmat qiladi.

Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz yillik bayrami bilan yana bir bor chin dildan tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va omad yor boʻlsin! Farzandlar, nabiralar kamolini koʻrib yurish hammamizga nasib etsin! Yaratganning oʻzi barchamizni panohida asrasin!

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Ilhomjon To’xtasinov,

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor.

chop etish