Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

“Yangi O’zbekiston tarixi va falsafiy tafakkurning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi


Samarqand davlat chet tillar institutida “Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalar” kafedrasi tashabbusida “Yangi O’zbekiston tarixi va falsafiy tafakkurning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

“Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev xalqimizning tarixiy-madaniy an’analari va insonparvarlik qadriyatlari asosida tarkib topayotgan milliy g‘oyaga bo‘lgan zaruratni asoslab, uning amaliy va nazariy jihatlarini mazmun-mohiyatini ochib berdi. O‘zbekistonning barcha fuqarolari manfaatlariga xizmat qiladigan milliy g‘oya va mafkura  mamlakatimizning taraqqiyoti, uning rivoji va gullab yashnashi bilan uzviy bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berdi”, – deydi konferensiyani ochib berish chog’ida institut rektori I.To’xtasinov.

Shuningdek, ushbu konferensiyada institut prorektori O.G'aybullayev,  “Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalar” kafedrasi professori R.Shodiyev, “Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalar” kafedrasi mudiri M.Melikovalar, jumladan, ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar va qiziquvchilar o’z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish