Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar hayoti bilan yaqindan tanishib chiqildi


Samarqand davlat chet tillar instituti rektori ishtirokida institut mutasaddi vakillari talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar hayoti bilan yaqindan tanishib chiqishdi. Yotoq joylari, ovqatlanish va oshxonalar, dam olish, dars tayyorlash xonlari hamda kutubxonalar faoliyati shular jumlasidandir.

Rektor Ilhomjon To’xtasinov talabalar bilan suhbatlashish chog’ida o’quv jarayonlarida muntazam ishtirok etish lozimligi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo’lish, ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda turli xil respublika va xalqaro tanlovlarda qatnashish kerakligi, shuningdek, talabalar turar joyida istiqomat qilishning tartib-qoidalari to’g’risida batafsil so’z yuritdi.

Ma’lumot sifatida aytib o’tamiz, talabalar turar joyi zamon talablariga mos tarzda  ta’mirlanib, jihozlangan. Texnika va yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya holati talabga javob beradi. Talabalar turar joyi faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar asosida institutning ichki me’yoriy-huquqiy hujjatlari ishlab chiqilib, tasdiqlangan. Jumladan, talabalar turar joyi nizomi, e’lonlar burchagi, talabalar ro‘yxati, yong‘in xavfsizligi burchaklari mavjud.

Talabalarning yashashi, o‘z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi uchun turar joylarda sharoitlar yaratilgan. Talabalar uchun chet tillarni o‘rganish bo‘yicha, shuningdek, sport, san’at va boshqa to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan,   talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularga shart-sharoit yaratish maqsadida ma’naviyat va ma’rifat  xonasi tashkil etilgan. Xonada televizor, kompyuter va stol-stullar mavjud hamda o‘quv zallari tashkil qilinib, ular zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan. Shuningdek, dam olish xonasi, xotin-qizlar xonasi, kir yuvish va quritish xonasi, kiyimlarni dazmollash xonasi, oshxona kabi xonalarda barcha maishiy sharoitlar yaratilgan.

Talabalar turar joyida  institut axborot resurs markazi ham  tashkil etilgan bo‘lib, uch mingga yaqin eng muhim badiiy adabiyotlar, vaqtli matbuot nashrlari bilan ta’minlangan. Axborot resurs markazi talabalar turar joyida muntazam faoliyat ko’rsatadi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish