Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Institut talabalari Germaniyada stajirovka o’tashadi


Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari Yevropaning ko’plab davlatlarida stajirovka o’tab qaytishmoqda.

Erasmus+ dasturining Xalqaro Kredit Mobilligi loyihasi doirasida institutning Roman-german tillari fakulteti 2-bosqich talabalari Hilola Rasulova hamda Abror Abrorqulovlar Germaniyaga stajirovka o'tash uchun yuborildi.

Ular 2021/2022 o’quv yilining 1-semestri davomida Germaniyaning Myunxen til va tarjima institutida stajirovka oʻtashadi.

Avvalroq Roman-german tillari fakultetining 2 nafar talabalari, ya’ni Xurshid Fayzullayev hamda Gulshan Parmonovalar Fransiyaning Versal akademiyasi huzuridagi fransuz tili o’qituvchilari malakasini oshirish universitetiga stajirovka o’tash uchun jo’nab ketishgani haqida xabar bergan edik.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish