Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Vazir o’rinbosari Samarqand davlat chet tillar institutidagi qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi


Xabaringiz bor, Samarqand shahri Gagarin ko‘chasi 43-uy manzilida joylashgan Samarqand iqtisodiyot kolleji bino va inshootlari, tegishli hududi Samarqand davlat chet tillar instituti balansiga o‘tkazilgan.

Bugun, 14-sentabr kuni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining iqtisodiy masalalar boʼyicha o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Samarqand davlat chet tillar institutida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, shuningdek, amalga oshiriladigan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Hozirda ushbu hududdagi mavjud va foydalanishga yaroqsiz bo‘lib turgan 1000 o‘ringa moslashgan 4 qavatli o‘quv binosini to‘liq mukammal qayta ta’mirdan chiqarish ishlari davom etmoqda, jumladan, joriy yilning noyabr oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Shu bilan bir qatorda talabalarni yetarli darajada turar joy bilan ta’minlash maqsadida davlat-xususiy sherikchilik asosida yana bitta 600 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish ishlari boshlab yuborilgan.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish