Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

Payariq: Xorijiy tillar fakulteti talabalari innovatsion loyihalarga jalb etildi


Mazkur o’quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutining Payariq tumanida Xorijiy tillar fakulteti tashkil etilganligidan xabaringiz bor. Hozirda ushbu fakultetda “Xorijiy tili va adabiyoti: ingliz tili” hamda “Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til: ingliz tili” ta’lim yo’nalishlari mavjud bo’lib, 75 nafar 1-bosqich talabalari tahsil olmoqda.

Bugun, 17-sentabr kuni institutning ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig’i B.Turobov, iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig’i B.Nurmuhammedov, Axborot xizmati rahbari A.Abduraimov, shuningdek, “Ilmli qizlar klubi” rahbari F.Xudoyorova va ''Alisher Navoiy Davlat stipendiyasi” sohibi Sh.Aslanovlar Payariq tumanidagi ushbu fakultetda tahsil oluvchi talabalar hamda o’qituvchilar bilan uchrashuv o’tkazishdi.

Jarayon davomida talabalar ularning ijtimoiy hayotdagi rolini oshirishga qaratilgan qator loyihalar hamda institut qoshida tashkil etilgan "Yosh jurnalistlar", "Iqtidorli talabalar", "Ilmli qizlar" kabi qator loyihalar bilan tanishtirildi. Jumladan, ilmiy hamda publisistik maqolalar yozish, nomdor davlat stipendiyalariga erishish, Startap loyihalari ustida ishlash yo’l-yo’riqlari kabilar to’g’risida ma’lumotlar berib o’tildi.

Uchrashuv so’ngida fakultet talabalariga 20 dan ortiq innovatsion loyihalar, 200 dan ortiq “Intellekt” gazetasi hamda 15 dan ortiq ilmiy kitoblar tuhfa qilindi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish