Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

21 nafar xorijlik talabalar Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan xalqaro yozgi maktabni muvaffaqiyatli yakunlashdi


Samarqand davlat chet tillar institutida 2006-yildan buyon xalqaro yozgi maktab faoliyati muvaffaqiyatli tashkil etilib kelinmoqda. Kelgusida, ya’ni 2022-yildan boshlab xalqaro qishki maktablar  faoliyatining yo’lga qo’yilishi ham ko’zda tutilmoqda.

Jumladan, 2014, 2016, 2018 va 2019-yillarda yozgi maktablar Germaniyaning Humboldt universiteti professorlari bilan hamkorlikda tashkil etilib borildi.

Joriy yilning 6-sentabr kunida AQSH, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Angliya kabi davlatlardan kelgan 21 nafar xorijlik talabalar Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan xalqaro yozgi maktabda o’quv kurslarini davom ettirishni boshlaganligi haqida avval xabar qilgan edik.

Xorijlik talabalar xalqaro yozgi maktabda O‘zbekistonning boy tarixini, madaniy me’rosini, arxitekturasini, O‘zbekistonda yashab kelayotgan o‘zbek, qoraqalpoq, tojik, rus va boshqa 100 ga yaqin turli millatlarning urf-odatlarini o‘rganishdi. Shuningdek, ushbu talabalar xalqaro yozgi maktab o’quv kurslarini muvaffaqiyali yakunlashdi hamda setifikatlar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axbort xizmati

chop etish