Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Fransiyalik Emma Jerom Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat boshladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga xorijning nufuzli oliygohlaridan malakali mutaxassislarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv jarayonlariga ham ko‘plab xorijlik mutaxassislar jalb etilmoqda.

Shu jumladan, joriy yilning 28-mart kuni fransiyalik fransuz tili mutaxassisi Emma Jerom Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To'xtasinov qabulida bo’ldi. Tashkil etilgan uchrashuv doirasida kelgusida amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar yuzasidan fikr hamda takliflar almashinildi.

Emma Jerom mazkur o’quv yili davomida dars mashg’ulotlarini davom ettirish bilan birgalikda ochiq darslar va to’garaklar ham tashkil etadi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish