Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Professor-o‘qituvchilarning metodik mahoratini yanada rivojlantirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda


“O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi 5117-sonli qarori qaroriga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi” tashkil etilganligi haqida avval ham xabar qilgan edik.

Agentlikning hududlarda xorijiy tillarni ommalashtirish bo'limi boshlig'i Ogay Muqaddas Xolboyevna ishtirokidagi mutaxassislar Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning metodik mahoratini yanada rivojlantirish hamda talabalarning xorijiy tillarni bilish darajasini oshirish kabilar muhokama qilindi.

Uchrashuvdan so’ng professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar uchun mo’ljallangan TKT xalqaro testlari haqida to’liq tushunch beruvchi taqdimot o’tkazildi. Taqdimot so’nggida 40 nafar Ingliz tili-II fakulteti talabalaridan  TKT sinovchi testlari olindi. Shuningdek, Samarqand viloyatidagi maktablarda ham o’qituvchi va o’quvchilarga xorijiy tillarni o’qitish borasida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish