Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

O‘zbekiston-Fransiya oliy ta‘lim muassasalari Forumi yoxud Fransiya hamda Samarqand oliygohlari o’rtasida hamkorlik aloqalari yanada rivojlanadi


So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik jadal sur’atlar bilan rivojlanib kelmoqda. Xususan, O‘zbekistonning 18 ta oliygohi Fransiyaning 22 ta universiteti va ta’lim tashkiloti bilan hozirga qadar 30 ga yaqin bitim va memorandumlar asosida hamkorlik qilib kelmoqda.

Fransuz tili mamlakatimiz talaba-yoshlari uchun (ingliz tilidan keyin) eng talabgir tillardan biri hisoblanadi. Yurtimizning 9 ta oliy ta’lim muassasasida fransuz tili asosiy chet til (mutaxassislik tili) sifatida o‘qitiladi.

Hozirda 8 mingdan ortiq talabalarimizga fransuz tili birinchi va ikkinchi xorijiy til sifatida o‘rgatib kelinmoqda. Umuman olganda esa, mamlakatimiz bo‘ylab 15 mingdan ortiq talaba fransuz tilini chet tili sifatida o‘rganmoqda.

Bugun, 9-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Fransiya oliy ta’lim muassasalari hamda Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Jarayon davomida ishtirokchilar o’zlarining oliygohlari to’g’risida taqdimotlar qilishdi va xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida fikr-mulohazalar almashishdi.

Ma'lumot uchun, Samarqand davlat chet tillar instituti Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, Fransiyaning Quyi Normandiya Kan universiteti, Parij Akademiyasi, Serji Pontuaz Universiteti, O‘qituvchi va professorlar oliy maktabi hamda Sorbon universitetilari bilan fan, ta’lim, ilmiy tadqiqot sohalaridagi yaqin hamkorlik aloqalarini amalga oshirmoqda.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish