Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

Fransiya Respublikasining Puatiye Universiteti professor o'qituvchilari hamda institut talabalari o’rtasida davra-suhbati bo’lib o’tdi


Xabaringiz bor, joriy yilning 9-oktabrida Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston-Fransiya oliy ta‘lim muassasalari Forumi bo’lib o’tdi. Unda Fransiya hamda Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari xalqaro doiradagi hamkorlikni yo’lga qo’yish borasida fikr-mulohazalar almashishdi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Fransiya Respublikasining Puatiye Universiteti professor o'qituvchilari Delbar Korin va Nodan Patrislar hamda intitutning fransuz tili yo'nalishi talabalari, shuningdek, o’qituvchilari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Jarayon doirasida Puatiye Universiteti professor o'qituvchilari o'zlari va Puatiye universiteri haqida qisqacha ma'lumot berishdi. Jumladan, kelgusida Samarqand davlat chet tillari instituti bilan amalga oshiriladigan hamkorlik to’g’risida ma'lumot berishdi. Xuddi shunday davra suhbati bugun, 11-oktabr kuni ham tashkil etildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish