Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

“Buyuk ipak yo‘lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, ta’lim va madaniyat” mavzusida xalqaro ilmiy amaliy konferensiya bo’lib o’tdi


O‘zbekiston va Xitoy aloqalari ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, Buyuk ipak yo‘li davriga borib taqaladi. Hozirgi kunda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda va ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar uzluksiz mustahkamlanib bormoqda. Buni 2021-yilning 2-yanvar kuni O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 29 yil to‘lganligi misolida ham ko‘rish mumkin.

Shu munosabatda bugun, 11-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Buyuk ipak yo‘lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, ta’lim va madaniyat” mavzusida xalqaro ilmiy amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. Unda O‘zbekiston va Xitoy olimlari, Rossiya, Belarusiya, Germaniya, Italiya, Turkiya, Ukraina, Kozog‘iston, Qirg‘iziston olimlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, O‘zbekistonning yetuk oliy ta’lim muassasalarinning professor-o‘qituvchilari ham o‘z maqolalari bilan qatnashishdi. Mazkur konferensiya davlatlar, tillar, xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni o‘rnatishga xizmat qiladi. Konferensiya davomida barcha qatnashuvchilar o’zlarining eng yaxshi fikr-mulohazalarini bir-birlari bilan o’rtoqlashdilar, bu fikr-mulohazalar ikki davlatning do’stona munosabatlarining rivojlanashiga hissa qo’shadi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

 

chop etish