Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Narpay Xorijiy tillar fakulteti talabalari innovatsion loyihalarga jalb etildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 15-16 aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda bergan topshiriqlari bo‘yicha 2021-2022 o‘quv yilida institutning Narpay “Xorijiy tillar” fakulteti tashkil etilganligidan xabaringiz bor.

Institutning ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig’i B.Turobov, iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig’i B.Nurmuhammedov, shuningdek, “Ilmli qizlar klubi” rahbari F.Xudoyorovalar Narpay tumanidagi ushbu fakultetda tahsil oluvchi talabalar hamda o’qituvchilar bilan uchrashuv o’tkazishdi.

Uchrashuv davomida talabalarga institutda yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat nomdor stipendiyalari, startap-g'oyalar, ilmiy faoliyatni yo'lga qo'yish, ilmiy maqolalar hamda ularga qo'yiladigan talablar, Samarqand viloyat hokimligi tashabbus bilan institut qoshida ochilgan "Samarqand ilmli qizlari" klubi faoliyati haqida batafsil ma'lumot berildi. Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi hamda ularga iqtidorli talabalarning ilmiy ishlari tushirilgan disklar, kitoblar hamda ishlanmalar sovg'a sifatida taqdim etildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish