Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Nemis tili mutaxassisi Manfred Frueauf Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat boshladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga xorijning nufuzli oliygohlaridan malakali mutaxassislarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv jarayonlariga ham ko‘plab xorijlik mutaxassislar jalb etilmoqda.

2021-2022 o'quv yilining 1-oktabridan boshlab o'quv yili oxirigacha yana bir nemis tili mutaxassisi Manfred Frueauf institut talabalariga dars berish uchun taklif etildi. U institutning nemis tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat boshladi.

Ma'lumot uchun, hozirgi kunda Germaniyaning DAAD tashkiloti tomonidan bir nafar mutaxassis Anton Umbach hozirda institutda faoliyat olib bormoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish