Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Ingliz tili mutaxassisi Adrienne Seo Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat olib boradi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga xorijning nufuzli oliygohlaridan malakali mutaxassislarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv jarayonlariga ham ko‘plab xorijlik mutaxassislar jalb etilmoqda.

Amerika Qo’shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan e’lon qilingan “English Language Fellow” loyihasi bo‘yicha ingliz tili mutaxassisi Adrienne Seo Samarqand davlat chet tillar institutida bir yil davomida faoliyat olib boradi.

Bugun, 12-oktabr kuni Amerika Qo’shma Shtatlari elchixonasining madaniyat bo‘limi boshlig‘i Sarah Talalay boshchiligida institutga tashrif buyurgan delegatsiya bilan institut rektori Ilhomjon To’xtasinov uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Amerika Qo’shma Shtatlari elchixonasi va institut o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari, jumladan, amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuvdan so’ng ingliz tili mutaxassisi Adrienne Seo faoliyat olib boradigan kafedra jamoasi bilan tanishtirildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish