Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Saylov yoshiga yetgan ilk saylovchilar bilan uchrashuv o’tkazildi


O‘zbekistonda prezidentlik sayloviga start berildi va Saylov 2021-yilning 24-oktabr kuni boʻlib oʻtadi. Hozirda barcha partiyalar prezidentlikka tavsiya etgan nomzodlarining saylovoldi dasturlarining targ’ibotlarini o’tkazishmoqda. Jumladan, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi ham prezidentlikka tavsiya etilgan nomzod Bahrom Abduhalimovning saylovoldi dasturining targ’ibot tadbirlarini tashkil etib kelmoqda.

Shuningdek, joriy yilning 12-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi raisi o’rinbosari Asqar Xoliqov, institut prorektori Otabek G’aybullayev hamda professor-o’qituvchilar institut talabalari, ya’ni Saylov yoshiga yetgan ilk saylovchilar bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv davomida ilk saylovchi talabalarga Saylov to’g’risida batafsil ma’lumot va O‘zbekiston Respublikasining Saylov Kodeksida belgilangan qonun-qoidalar haqida tushunchalar berishdi. Shuningdek, 2021-yilgi prezidentlik saylovlariga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod sifatida tavsiya etilgan Bahrom Abduhalimovning saylovoldi dasturining mazmun-mohiyati aytib o’tildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

 

chop etish