Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Rektor va talabalar o’rtasidagi ochiq muloqot muntazam davom etmoqda


Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov institut talabalari bilan ochiq muloqot o’tkazdi. Muloqot davomida yoshlar masalalari va ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Otabek G’aybullayev, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Sh.Suyunov hamda institut yoshlar yetakchisi E.Raxmatov bilan bir qatorda 100 dan ortiq talabalar ham ishtirok etishdi.

Uchrashuvni institut rektori kirish so’zi bilan ochib berdi va talabalarga bo’sh vaqtlarida foydali ishlar bilan shug’ullanishi, olimpiadalarga hamda xalqaro tanlovlarga tayyorgarlik ko’rishlar borasida takliflarini bildirib o’tdi. So’ngra “Rektorga savolim bor” loyihasi doirasida savol-javob boshlandi.

Jarayon doirasida talabalarga o’z fikr hamda takliflari bo’lsa, “Rektor bilan ochiq muloqot” deb nomlangan telegram guruhiga yozilishi yoki dekanat vakillariga murojaat qilishlari ham aytib o’tildi. Shuningdek, hozirda ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketayotgan har xil norasmiy guruhlarga qo’shilib ketmaslik hamda o’quv jarayonlarida faol bo’lish kabilar ta’kidlandi. Savol-javob davomida barcha talabalarning taklif hamda fikrlari tinglandi, talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan berilgan atroflicha javoblarga ega bo’lishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish