Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

"TARG‘IBOT POYEZDI" YOXUD KELAJAGING UCHUN OVOZ BER!


Saylov – mamlakatning siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim siyosiy jarayonlardan biri. Mamlakatimizda oʻtkaziladigan prezidentlik saylovida yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabaringiz bor, talaba-yoshlarning saylov bilan bogʻliq bilimlarini hamda huquqiy savodxonligini oshirish, mazkur siyosiy jarayonlarga faol jalb etish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan “Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostidagi “Targ‘ibot poyezdi” bugun, 13-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga keldi.

Kunning birinchi yarmida targ'ibotchilarning institut talaba-yoshlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv seminar tarzda tashkil etilib, institut rektori Ilhomjon To’xtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi va targ’ibotchilarni tanishtirib o’tdi.

Targ’ibot tadbiri davomida Saylov bo'yicha talaba-yoshlar o'rtasida viktorina o'yinlari bo'lib o'tdi. Viktorinada o’zlarining faolliklari bilan ishtirok etgan talabalarga Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov tomonidan tuhfa qilingan kitoblari sovg'a tariqasida yetkazildi. Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

#Saylov2021

#Kelajaging_uchun_ovoz_ber!

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish