Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

“Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida talabalar Forumi doirasida “Zakovat” intellektual o'yini bo’lib o’tdi


2021-yil 12/15 oktabr kunlari Samarqand viloyatida o‘tkaziladigan “Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida “Talabalar Forumi – 2021” doirasida Samarqand shahridagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning ko’plab turlari bo’yicha musobaqalar hamda bellashuvlar o‘tkazilishi davom etmoqda.

Jumladan, bugun 13-oktabr kuni Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasaslarida tahsil oluvchi talaba-yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo'lib o'tdi. Unda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlaridan iborat 10 ta jamoa ishtirok etdi. Ushbu bellashuvni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etilgan.

Bellashuv 2 bosqichda tashkil etilib, har bir turda jamoa ishtirokchilariga 12 ta savol berildi. Berilgan savollar o‘zbek tilida, mantiqiy mazmunga ega, “Nima? Qayerda? Qachon? o‘yinlarining xalqaro standartlariga javob beradigan ko‘rinishda hamda Saylov qonunchiligiga doir bo‘ldi.

Bellashuv jarayonida jamoalarga bir paytda bir xil savol berildi, jamoalar o‘z javoblarini maxsus javob blankalariga yozib berishlari belgilandi. Maxsus javob blanklari albatta, jamoa nomi, turi va savol raqami ko‘rsatilgan holda taqdim etildi. Har bir savolni o‘ylash uchun 1 daqiqa vaqt berildi. Boshlovchi 50 soniya bo‘lganda vaqt tugashiga 10 soniya qolgani haqida ogohlantirdi. Jumladan, har bir savol uchun 1 daqiqa vaqt ajratildi.

O‘z vaqtida javob blankasini ko‘tarishga ulgurmagan jamoaning javobi qabul qilinmaydi. Bunda jamoaning javobi garchi to‘g‘ri bo‘lsa ham, ball berilmaydi. Kechikkan jamoaning javob blankaga kechikkanligi to‘g‘risida maxsus belgi qo‘yiladi. Jamoalar turnir davomida qo‘shimcha manbalardan (telefon, planshet, shpargalka va h.k.) foydalanishi taqiqlanadi. Kuzatuvchilar tomonidan bunday holat aniqlangan taqdirda jamoa a’zolari to‘liq tarkibi bilan turnirdan chetlatiladi va ularning barcha ballari bekor qilinadi.

Har bir savolga bir baldan berildi. Turnirda eng ko‘p ball olgan jamoalar g‘olib sifatida topildi. Turnirning g‘olib bo‘lgan jamoalarga, jumladan, 1-, 2-, 3-o‘rinni olgan 5 kishilik jamoa a’zolariga kitoblar jamlanmasi topshiriladi.

G’olib bo’lgan jamoalar quyidagilar:

1-o'rinni Samarqand davlat chet tillar institutining "Everest" jamoasi,
2-o'rinni Samarqand davlat universitetining "Tafakkur" jamoasi
3-o'rinni Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Gallaktikus” jamoasi egalladi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish