Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

SamDCHTIda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida qabul qilinadigan abituriyentlar uchun kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi


Kecha, 13-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga qo‘shma ta’lim dasturlari asosida qabul qilinadigan abituriyentlar uchun kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.

Sinovlar ikki navbatda tashkil etilib, talabgorlarga chet tili (rus, ingliz tili) fanidan 20 ta test topshirig‘ini bajardi.

Test Davlat test markazi tomonidan tashkil etildi va o'tkazildi.  Davlat test markazi xodimlarining ma'lum qilishicha, 1-navbatda ishtirok etishi kerak bo‘lgan 120 nafar abituriyentdan 91 nafari, 2-navbatda 100 nafar abituriyentdan 78 nafari test sinovlarida qatnashdi, 51 nafari turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.

Test natijalari hisoblangandan so‘ng test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning natijalari institutning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz: Kirish imtihonlarining 1-bosqichi Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan 25-26 sentabr kunlari o‘tkazilgan.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish