Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Samarqand davlat chet tillar institutida “Butun dunyoda ispan tilining ahamiyati” mavzusida konferensiya bo’lib o’tdi


25-oktabr kuni bo’lib o’tgan mazkur konferensiyaga Ispaniyadan GEDESPA tashkilotining rahbari Alejandro Pastrana Molero, YUNESKOning “Buyuk ipak yo’li” xalqaro dasturi prezidenti Jose Maria Chikiyo Barber, Madrid universitetining bosh kotibi, o’qituvchi Hesus Gil Fuensantava, Xuan Karlos universititining o’qituvchisi Carlos Uriarte Sanchezlar tashrif buyurishdi.

Ta’kidlab o’tish joiz, yuqorida ismlari keltirilgan nufuzli mehmonlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentlik sayloviga xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurishgan. Shu bilan birga Samarqand davlat chet tillar instituti bilan ham xalqaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish maqsadida konferensiya tashkil etildi.

Mazkur kunferensiyani institut rektori Ilhomjon To’xtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi va institutdagi ispan tili ta’lim yo’nalishi, xorijlik mutaxassislar haqida so’z yuritdi.

Shuningdek, konferensiyada Alejandro Pastrana Molero “Butun dunyoda ispan tilining ahamiyati”, Jose Maria Chikiyo Barber “Buyuk ipak yo’li va turizm”,  Hesus Gil Fuensantava “Ispan tili va uning tarixi va bugungi ilmiy tadqiqotlari”, Carlos Uriarte Sanchez “Ispan tilida gaplashuvchi xalqlar” mavzusida o’zlarining taqdimotlarini qilishdi.

Konferensiya davomida ispan tilida tahsil olayotgan talaba-yoshlar tomonidan o’zbek va ispan madaniyati talqini ostida namoyishlar qilindi. Anjuman so’ngida ispaniyalik mehmonlar diplom va sovg’alar bilan mukofotlandilar.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish