Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Pokiston Islom Respublikasining Penjab universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatiladi


Xalqaro hamkorlik taraqqiyotdan darak. Shu bois ham Samarqand davlat chet tillar instituti muntazam ravishda xorijning ko’plab oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda.

Jumladan, joriy yilning 26-oktabr kuni Pokiston Islom Respublikasidan Penjab universiteti prorektori Muhammad Salim Mazxar janoblari keldi va Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv jarayonida tomonlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish, oliygohda ingliz va rus tillarining o’qitilish sifatini yanada oshirish, qo’shma ta’lim dasturlarini joriy etish, Penjab universiteti talabalari uchun o’zbek tilini o’qitish kurslarini tashkil etish kabilar yuzasidan fikr hamda mulohazalar almashinildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish