Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Yaqin kelajakda Vengriya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatiladi


O’zbekiston Respublikasi Prezidentlik saylovi arafalarida yurtimizga ko’plab xorijiy davlatlardan mehmonlar xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurishdi va saylov jarayonlarini, saylov uchastkalarini va uchastkalarda saylovchilarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurganlar qatorida Vengriya rektorlar Konferensiyasi bosh kotibi Zoltan Dubetsi ham bor. Zoltan Dubetsi Samarqandga tashrifi chog’ida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov bilan ham uchrashdi.

Uchrashuv chog’ida tomonlar o’rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish va muntazam davom ettirish, ta’lim jarayonida sifatni yanada yaxshilash, so’nggi yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilgan loyihalar va o’zgarishlar to’g’risida fikr-mulohalazalar almashishdi, shuningdek, yaqin kelajakda hamkorlik Shartnomalarini imzolashga kelishishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish