Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Yurtmizdagi oliy ta’lim muassasalarida Tyutor lavozimi joriy etildi


Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Qarorga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tuzilmasida Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘limi tashkil etildi hamda barcha oliy ta’lim muassasalarida Tyutorlar lavozimi joriy etildi.

Bugun, 27-oktabr kuni institut rektori Ilhomjon To’xtasinov hamda rahbariyat vakillari ushbu lavozimga ishga qabul qilingan xodimlar bilan uchrashuv o’tkazishdi. Uchrashuv davomida xodimlarning vazifalari, mas’uliyati hamda talaba-yoshlar bilan ishlash tizimi hamda talaba-yoshlarning ma’naviy va ijtimoiy holatlarini o’rganish kabilar to’g’risida tushunchalar berildi.

Ma’lumot uchun,  

  • talabalar bilan ishlash bo‘yicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilindi;
  • 1-3-kurs talabalarining muammolarini bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi;
  • har 120-150 nafar talabaga 1 ta shtat birligi hisobida tyutor lavozimi kiritildi hamda uning oylik maoshi “O‘qituvchi-stajor” bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi;
  • Tyutorlar talabalarning ma’naviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda tahlil qilib boradi va ularga mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam beradi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish