Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Professor, mashhur tarjimon, marhum ustoz Muhammadjon Xolbekov xotirasiga bag’ishlab konferensiya tashkil etildi


Ustoz Muhammadjon Xolbekov 1950-yilda Samarqandda tug'ilgan. O'rta maktabni tugatgach Samarqand davlat universitetining roman-german filologiyasi fakultetiga o'qishga kirdi. O'qishni muvaffaqiyatli tugatgach, u o'z faoliyatini Samarqand davlat pedagogika institutida boshladi. 1982-yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 1989-yil doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

SamDUda filologiya ta’lim yo'nalishi bo'yicha kafedra mudiri, fakultet dekani, nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish kengashi a'zosi bo'lib ishlagan. 1991-1998 yillarda professor Muxammadjon Xolbekov tomonidan Samarqand davlat universitetida (hozirgi SamDCHTI) "Jahon adabiyoti tarixi" kafedrasini boshqargan, rus filologiyasi fakulteti dekani va SamDU rus va chet el adabiyoti kafedrasi mudiri bo'lib ishlagan.

Muxammadjon Xolbekov so'nggi yillarda Samarqand davlat chet tillar instituti, O'zbekiston jahon tillari universiteti, Jizzax pedagogika instituti, Qarshi davlat universiteti, yosh olimlarning dissertatsiya tadqiqotlariga rahbarlik qildi.

Muxammadjon Xolbekov tarjima nazariyasi bo'yicha o'z maktabini yaratishga qodir, ko'plab fransuz mualliflarining asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan va xalqaro miqiyosda taniqli olim va tarjimon bo'lgan.

Bugun, 28-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida rahbariyat vakillari, oila a’zolari, professor-o’qituvchilar, talaba-yoshlar hamda mehmonlar ishtirokida professor, mashhur tarjimon, marhum ustoz Muhammadjon Xolbekov xotirasiga bag’ishlab, konferensiya tashkil etildi. Konferensiyani institut rektori Ilhomjon To’xtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi va ustozning hayot va ijod yo’liga to’xtalib o’tdi.

Shuningdek, konferensiya davomida tarjimonlik sohasi bilan shug’ullanuvchi bir nechta olimlar ham so’zga chiqishdi va Muhammadjon Xolbekov bilan ishlagan vaqtlari, hamkorlikda qilgan ijodlari, tarjimalari kabilar to’g’risida so’z yuritishdi. So’ngra stozning shogirdlari hamda talaba-yoshlar tomonidan marhum ustoz Muhammadjon Xolbekov xotirasiga bag’ishlangan she’rlar aytildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish