Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Professor-o’qituvchilar va talabalarning AKT sohasi borasida ko’nikmalari yanada oshiriladi


Samarqand davlat chet tillar instituti xorijning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish borasida mintaqada yetakchi bo’lib kelmoqda desak, mubolag’a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Har o’quv yilida 30 ga yaqin xorijlik mutaxassislar faoliyat ko’rsatishadi.

Shuningdek, bugun, 6-noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati va AQSHning Michigan shtati universiteti Ta’lim kollejining texnologiya va inson ta’limi bo‘yicha professori Douglas K.Hartmanlar o’rtasida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda tomonlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada yaxshilash, professor-o’qituvchilar va talabalarning tajribasini hamda metodik jihatdan mahoratini oshirish borasida takliflar almashinildi, shuningdek, professor-o’qituvchilar va talabalarning AKT vositalaridan foydalishda ko’nikmalarini oshirish borasida hamkorlik aloqalarini o’rnatishga kelishildi.

Uchrashuvdan so’ng professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirokida AKT vositalaridan turli xil auditoriyalarda to'g'ri foydalanish usullari, AKT ko'nikmalarini yanada yaxshilash uchun malaka oshirish dasturini ishlab chiqish kabi mavzular yuzasidan taqdimot o’tkazildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish