Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Ingliz tili-II fakultetida “Oliy ta’limda ilmiy tadqiqot olib borishning dolzarbligi” mavzusida ilmiy seminar bo’lib o’tdi


2021-yilning 10-noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-II fakultetida yosh o’qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar ishtirokida “Oliy ta’limda ilmiy tadqiqot olib borish dolzarbligi” mavzusida ilmiy seminar bo’lib o’tdi.

Tashkil etilgan ilmiy seminarni institut rektori I.To’xtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi va ilmiy tadqiqot olib borishda ahamiyat beriladigan jihatlar, ish olib borilayotgan mavzuning o’rganilish darajasi hamda metodlarning qo’llanilishi kabilar to’g’risida ko’rsatmalar berib o’tdi.

Shuningdek, seminarda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Sh.Ashurov, pedagogika va psixologiya kafedrasi professori M.Maxmudova, Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori N.Nasrullayeva hamda fakultet professor-o’qituvchilari ham ishtirok etishdi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonunining dolzarbligi hamda Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalari kabilar to’g’risida fikr-mulohazalar almashinildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish