Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Erkinjon Turdimov: Gid-tarjimonlar Samarqandning yuzidir


Xabaringiz bor, joriy yilning 24-oktabr kuni respublikamizda Prezidentlik saylovi bo’lib o’tdi va saylov jarayonlar bilan yaqindan tanishish maqsadida xorijdan xalqaro kuzatuvchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurishdi.

Xalqaro kuzatuvchilarga yurtimizdagi Saylov jarayonlari to’g’risida batafsil ma’lumot berib, milliy an’analarimiz, qadimiy yodgorliklarimiz hamda millatimizga xos bo’lgan mehmondo’stlik kabi jihatlar to’g’risida xolis ma’lumot berishda Samarqand davlat chet tillar institutining professor-o’qituvchilari va talabalarining o’rni bo’lak.

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov viloyatga kelayotgan nufuzli delegatsiyalar, yuqori martabali mehmonlarga gid-tarjimonlik qilayotgan Samarqand davlat chet tillar instituti o‘qituvchi va talabalari bilan uchrashdi.

  – Odatda, uyimizga mehmon keladigan bo‘lsa, barcha oila a’zolarimiz bilan tayyorgarlik ko‘ramiz, – dedi viloyat hokimi. – Ota-onaning ham, farzandlarning ham bajaradigan o‘z yumushlari bo‘ladi. Maqsad – mehmonni yaxshi kutib olish va kuzatish, oilaning ahilligini, o‘ziga xos qadriyatlari borligini ko‘rsatish va unda yana shu xonadonga kelish istagini uyg‘otish bo‘ladi. Viloyatimizga keladigan mahalliy va xorijlik mehmonlarni kutib olar ekanmiz, bizda ham shunday maqsad bo‘ladi. Samarqandga kelgan inson bu zaminning o‘zidan ham, odamlaridan ham rozi bo‘lib ketsin, yana kelishni orzu qilsin deymiz. Bizning bu istagimiz amalga oshishiga gid-tarjimonlarimiz ham katta yordam bermoqda, yonimizda turib, Samarqandni namoyon etishimizga ko‘maklashmoqda. Ular yurtimizning tarixi, madaniyati, urf-odat va qadriyatlarini yaxshi biladi va bu borada ko‘p rahbarlarimizga yordam beradi. Shuning uchun shaxsan men tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolarimiz qatori gid-tarjimonlarni ham Samarqandning yuzi, deb hisoblayman.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Uchrashuvda Samarqandda o‘tkaziladigan yirik xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada o‘tkazish, gid-tarjimonlarning samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoit yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Uchrashuv yakunida bir guruh o‘qituvchi va talabalar viloyat hokimligi tomonidan rag‘batlantirildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish