Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Ikki fakultetning “Zakovat” bahslarida qaysi jamoa g’olib bo’ldi?


Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha muhtaram Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilayotgan besh muhim tashabbus doirasida Samarqand davlat chet tillar institutining Ingliz filologiyasi va tarjimashunslik fakultetida har haftada "Zakovat" intellektual o'yinlari o’tkazilmoqda.

Shu munosabatda bugun, 12-noyabr kuni Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik hamda Sharq tillari fakultetlari o'rtasida saralash bosqichi bo'lib o'tdi. Bunda 18 ta jamoa ishtirok etdi va natijalarga ko'ra 1-o'rinni "Tarjimon" jamoasi, 2-o'rinni "Halqa" jamoasi, 3-o'rinni "Premier" jamoasi qo’lga kiritdi.

G’olib bo’lgan har bir jamoa vakillari faxriy yorliq hamda badiiy kitoblar bilan taqdirlanishdi. Mana shunday musobaqalarning tashkil etilishi, albatta, yoshlarimizni har tomonlama teran fikrlashga, aqliy qobiliyatini rivojlanitirishga xizmat qiladi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

 

chop etish