Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

"Ingliz tili bilimlarini baholash” mavzusidagi onlayn 9-konferensiyaga start berildi


Britaniya Kengashining O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi tashabbusi bilan 2021-yil 15-17 noyabr kunlari "Ingliz tili bilimlarini baholash" (English Language Assessement Conference) mavzusidagi onlayn 9-konferensiyalarini o’tkazish rejalashtirilgan.

Bugun, 15-noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida mazkur konferensiyaning ochilishi bo’ldi va unda institutining professor-o’qituvchilari, magistrantlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Konferensiya ingliz va o'zbek tillarida olib borildi va unda to'liq qatnashgan ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etiladi.

Shuningdek, konferensiya Britaniya Kengashi baholash tizimlari sohasidagi ekspertlarining faol ishtirokida o'tkazilmoqda. Onlayn konferensiyada respublika oliy ta'lim muassasalari ingliz tilini baholash va testdan o'tkazish bo'yicha ekspertlar, oliy ta'lim standartlari va normativ-huquqiy ta'minot, ish rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish bo'limlari mutaxassislari ishtirok etishi belgilangan.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish