Bosh sahifa Yangiliklar Yoshlar ittifoqi tomonidan o'tkazilgan tadbirlar

Yoshlar haftaligi doirasida “Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi


Samarqand davlat chet tillar institutida institut Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 15-noyabrdan 20-noyabrga qadar "Talaba-yoshlar haftaligi" bo’lib o’tishi to’g’risida sizlarga xabar qilgan edik. Mazkur haftalik mobaynida institut talabalari turli xil tanlovlar, loyihalarda o’zlarini sinab ko’rishadi.

Shu munosabat bilan haftalikning birinchi musobaqasi sifatida Samarqand davlat chet tillar institutida fakultetlararo "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi. Musobaqada har bir fakultetdan bittadan terma jamoalar ishtirok etishdi.

Natijalarga ko’ra, 1-o'ringa ikkita jamoa loyiq deb topildi. Bular "Tarjimon" va "Everest" jamoalari bo’ldi. 2-o'rinni "Premier" jamoasi, 3-o'rinni "Intellekt" jamoasi qo'lga kiritdi. G'olib bo'lgan jamoalar institut Yoshlar ittifoqi kengashi raisi Erali Rahmatov tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish