Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Milliy g'ururimiz bo'lmish bayrog'imiz qabul qilingan kun barchamizga muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!


Samarqand davlat chet tillar instituti

Bugun 18-noyabr. O'zbekirton Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun. Shu munosabat bilan barcha yurtdoshlarimizni chin qalbimdan muborakbod etaman.

Shubhasiz, davlatimiz sharafiga xorijiy mamlakatlarda yurtimiz bayrog‘i baland ko‘tarilganini ko‘rganimizda, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida hilpiraganida barchamizning qalbimiz o'zgacha hislar, faxr, g'urur tuyadi.

Vatan hissini yurakdan tuygan har bir inson borki, yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uning hurmat va sharafini chin qalbdan e'zozlaydi. Zero, milliy bayrog‘imiz - mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo‘lib, xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo‘ladi.

Milliy g'ururimiz bo'lmish bayrog'imiz qabul qilingan kun barchamizga muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!

Zokir Bazarov,
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi ijrochi direktori.

chop etish