Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Pedagogik amaliyot yakunlari bo’yicha hisobotlar qabul qilish jarayoni davom etmoqda


2021/2022 o’quv yilining boshlanishida Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-I fakultetining bitiruvchi bosqich talabalari uchun pedagogik amaliyot jarayonlari boshlandi va o‘zlariga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagogik amaliyotni o‘tash uchun yuborildi.

Jarayon davomida talabalar maktabning tashkiliy tuzilmasi, maktab rahbariyati, jamoasi, o‘qituvchi va sinf rahbarining ish-rejasi, fan bo‘yicha kalendar rejasi, dars ishlanmalari, sinf jurnallari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tanishdilar.

Shuningdek, 2021-yil 16-noyabr kunidan boshlab Ingliz tili-I fakultetining “Ingliz tili o‘qitish metodikasi va amaliyoti” kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda fakultet dekani ishtirokida pedagogik amaliyot yakunlari bo‘yicha talabalardan hisobotlar qabul qilinmoqda.

Talabalar pedagogik amaliyot davrida kuzatgan darslari tahlili, o‘tilgan darslar hisoboti, dars jarayonida qo‘llagan pedagogik va innovatsion metodlar va shu kabilar bo‘yicha amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berishmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish