Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Samarqand davlat chet tillar institutida TOPIK testlarini o‘tkazish yana yo’lga qo’yildi


Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Janubiy Koreaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshidagi Koreya Ta’lim markazi rahbariyati vakillari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda TOPIK testlarini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi va TOPIK testlarining o’tkazilishi muntazam ravishda davom ettirilishiga kelishildi.

Xabaringiz bo’lganidek, yurtimizda kuzatilgan so‘ngi oylardagi pandemik vaziyat tufayli institutda davom etib kelayotgan koreys tili bilimini aniqlash bo‘yicha TOPIK testlarini tashkil etish to‘xtab qolgan edi.

Jumladan, uchrashuvdan so’ng Korea Ta’lim markazining o’quv ishlari bo‘yicha rahbari Jon Jey Won ishtirokidagi delegatsiya, Samarqand davlat chet tillar institutining testlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan SamDChTIning moddiy-texnik imkoniyatlari bilan tanishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish