Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari, “Yil talabasi-2021” respublika tanlovlarida ishtirok etmoqchimisiz?


Joriy yilning 20-noyabr kuni Roman-german tillari fakultetida “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari, “Yil talabasi-2021” respublika tanlovlarida ishtirok etmoqchimisiz?!” mavzusida 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqat oʼtkazildi.

Uchrashuvda ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar boʼyicha dekan o’rinbosari S.Tursunqulov hamda Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimi boshligʼi B.Nurmuhammedovlar talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berishdi. Jumladan, ilmiy maqolalar yozilish tartibi, “Yil talabasi-2021” Respublika tanlovi nominatsiyalari hamda Nizom talablari bilan yaqindan batafsil tushuntirib berishdi.

Ilmiy maqolalar yozish tartibi, adabiyotlar toʼplash tartibi, annotatsiya va kirish soʼz, maqolaning ilmiyligi boʼyicha eʼtibor qaratadigan jihatlari toʼgʼrisida toʼxtalib, hozirgi kunda ayrim davlatlarda boʼlayotgan “tanlov”larga ishonib qolmaslik, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi eʼtirof etgan va tasdiqlagan koʼrik tanlovlarda ishtirok etish kerakligi va bu tanlovlarda muvaffaqiyatli oʼrinlarni qoʼlga kiritsa, albatda, inobatga olinishi aʼlohida taʼkidlab oʼtishdi.

Аsosiy jihati shuki, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oʼtkazilayotgan tanlovlarda hech qanday toʼlovlar yoʼqligi eʼtiborga molik. O’z iqtidorini namoyish etish istagida bo’lgan talabalar yechimini izlab yurgan savollariga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob olishdi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

chop etish