Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Fransiyaning Versal Akademiyasi bilan hamkorlikda bir qator yangi loyihalar amalga oshiriladi


Samarqand davlat chet tillar instituti Fransiyaning Versal Akademiyasi huzuridagi o‘qituvchilarni tayyorlash milliy instituti bilan Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturlari doirasida 2020-2022 yillarga mo’ljallangan “Xalqaro kredit mobilligi” kabi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Loyihalar doirasida professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, ilmiy xodimlar va talabalar mobilligi dasturlari amalga oshirilmoqda. 2020-2021 o‘quv yilida 2 nafar, 2021-2022 o‘quv yilida 2 nafar institut magistrantlari Versal Akademiyasi huzuridagi o‘qituvchilarni tayyorlash milliy institutiga stajirovkaga yuborildi.

Shuningdek, joriy yilning noyabr oyida Samarqand davlat chet tillar rektori, professor Ilhomjon To’xtasinov va “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Dimitriy Kisilyovlar ushbu universitetga rasmiy xorij safarini amalga oshirdi.

Xorij safari davomida amalga oshirilgan ishlar va uchrashuvlar to’g’risida yana batafsil ma’lumot berib boramiz.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish