Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Xorijiy tajriba asosida ta’lim sifatini ta'minlash borasida qator loyihalar amalga oshiriladi


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Jahon bankining Xalqaro rivojlanish Assotsiatsiyasi hamkorligida “Oliy ta’limni modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirib kelmoqda.

Bugungi kunga qadar mazkur loyiha doirasida "Ichki sifatni ta’minlash” yo'nalishi bo'yicha "Shbeeman Consulting” xorijiy ekspertlari tomonidan oliy ta’lim muassasasida sifatni ta'minlash masalasiga bag'ishlagan onlayn-treninglar muntazam tashkil etilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida o'tkazilayotgan mashg'ulotlarida faol qatnashgan respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasi tanlab olindi. Bular TDIU, TDTU, TIQXMMI, SamDCHTI, AndMI, TPTI oliygohlaridir. Joriy yilning 22-26 noyabr kunlari mazkur oliy ta’lim muassasalarida "Shbeeman Consulting” xorijiy eksperti Akim Emurli ishtirokida ta’lim sifatini yanada oshirishga bag'ishlangan seminar-treninglarning o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabatda bugun, 23-noyabr kuni xorijiy ekspert Akim Emurli hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etilib, o'quv jarayoni, ichki ta’lim sifatini ta’minlash, xalqaro doirada OTMning reytingini ko'tarish hamda hamkorlik aloqalarini muntazam davom ettirish kabilar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar hamda loyihalar belgilab olindi.

Shuningdek, “Oliy ta’limni modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida "Ichki sifatni ta’minlash” yo'nalishi bo'yicha institutda seminar-trening tashkil etildi. Unda institut professor-o'qituvchilari va qiziquvchilar ishtirok etishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish