Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Turkiyaning Burdur Mehmet Akif Erso'y universiteti professori janob Dursun Kose Samarqand davlat chet tillar institutida turk tili o'qituvchisi sifatida faoliyat boshladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga xorijning nufuzli oliygohlaridan malakali mutaxassislarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti ham ta'lim sifatini oshirish maqsadida o‘quv jarayonlariga ko‘plab xorijlik mutaxassislarni taklif etmoqda.

Shu munosabat bilan bugun, 23-noyabr kuni Turkiyaning Burdur Mehmet Akif Erso'y universiteti professori janob Dursun Kose Samarqand davlat chet tillar institutida turk tili o'qituvchisi sifatida faoliyatini boshladi.

Turkiyaning O'zbekistondagi elchixonasi orqali taklif etilayotgan mutaxassis 2021/2022 o'quv yili davomida institutda talabalar bilan birgalikda turk tilidan dars mashg'ulotlarini olib boradi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish