Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Samarqandda ''O‘zbekiston-Ukraina ta‘lim Forumi'' bo’lib o’tdi


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2021-yil 6-noyabrdagi 12/41256 va 9-noyabrdagi 12/41659-sonli xatlariga muvofiq 2021-yil 22-27-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “INNOWEEK 2021” yillik innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida O‘zbekistonga Ukraina ta’lim va fan vaziri S.Shkarlet boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibiga 12 nafar Ukraina OTMlari rektorlari ham kiritilgan. Tashrif davomida O‘zbekiston va Ukraina OTMlari rektorlari ishtirokida Toshkent, Samarqand va Buxoroda davra suhbatlari va uchrashuvlar o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabatda bugun, 24-noyabr kuni Samarqand davlat universitetida o’tkazilgan ''O‘zbekiston-Ukraina ta‘lim Forumi'' doirasida davra-suhbatida ikkala davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etib, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan oliygohlari to‘g‘risida ma’lumot berib, tanishtirib o’tishdi va kelgusida o’zlarining ta’lim sohalari bo’yicha hamkorlik aloqalarini o’rnatishga kelishildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish