Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Kelgusida turk tili fakultetini ochish yuzasidan takliflar almashinildi


Joriy yilning 24-noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Turkiya Yunus Emre institutining turkologiya bo'limi rahbari professor Yavuz Kartalog’lu ishtirokidagi mehmonlar kelishdi va institut rektori professor Ilhomjon To’xtasinov ishtirokidagi rahbariyat vakillari hamda turkiyalik mehmonlar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida ikkala oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik aloqalarini muntazam ravishda davom ettirish, yurtimizda, xususan, Samarqand davlat chet tillar institutida turk tilini o’qitishni rivojlantirish, shuningdek, turk tilini asosiy til sifatida o’qitish va kelgusida turk tili fakultetini ochish kabilar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.

Uchrashuvdan so’ng Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchilari, turkiyalik mehmonlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida “Turk madaniyatida lokum va odekolon” nomli madaniy tadbir tashkil etildi. Jumladan, mazkur tadbir davomida Turkiya Yunus Emre institutining taqdimoti ham o’tkazildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish