Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Farnsuz tili o’qituvchilari kuni tantanali nishonlandi


Bugungi kunda yurtimizda xorijiy davlatlar bilan aloqalarni yo'lga qo'yish bo'yicha ustuvor yo'nalishlardan kelib chiqqan holda Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirishda Fransiya Respublikasi alohida o'rin tutmoqda.

Mamlakatimizda fransuz tili va adabiyotini o'rganish borasida Fransiya bilan hamkorlik aloqalari muvaffaqiyat bilan rivojlanayotganiga guvoh bo’lishingiz mumkin.

Samarqand davlat chet tillar institutida filologiya va tillarni o'qitish fransuz tili ta’lim yo’nalishi 1994-yilda tashkil etilgan bo'lib, 25-noyabr "Xalqaro fransuz tili o'qituvchilari kuni" etib nishonlanib kelinadi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 25-noyabr kuni institutda "Xalqaro fransuz tili o'qituvchilari kuni"ga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir avvalida kirish so'zi bilan institut rektori Ilhomjon To'xtasinov ochib berdi va barcha fransuz tili o’qituvchilarini bayram bilan tabrikladi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar, sahna ko’rinishlari hamda fransuz tilidagi she’r va qo’shiqlar tomoshabinlarga namoyish etildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish