Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Uyida yakka tartibda ta'lim oluvchi maktab o'quvchilari holidan xabar olindi


Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 3-dekabr –Xalqaro nogironlar kuni deb eʼlon qilingan. Ushbu sana butun dunyo boʻylab keng nishonlanadi va bundan asosiy maqsad aqlan va jismonan nuqsoni bor zamondoshlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdan iboratdir.

Shu munosabatda “Hech bir bola davlatimiz va jamiyatimizning e’tibori va mehridan chetda qolmaydi” shiori ostida viloyatdagi umumta’lim maktablarida 2021/2022 o’quv yilida uyida yakka tartibda ta’lim oluvchi oʻquvchilar holidan xabar olish tadbirlari davom etmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi tomonidan ushbu sana oldidan koʻngli yarim yurtdoshlarimiz holidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy jihatdan yordam berish ishlari boshlab yuborildi.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon Toʻxtasinov Samarqand shahridagi "Yominiy" mahallasida istiqomat qiluvchi 30-umumta’lim maktabi oʻquvchisi Temur Boboqulov bilan uchrashib, holidan xabar oldi va kerakli oʻquv qurollari bilan ta’minladi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish