Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Uyida yakka tartibda ta'lim oluvchi maktab o'quvchilari holidan xabar olish tadbirlari davom etmoqda


3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni deb eʼlon qilinganligini barchamiz bilamiz. Ushbu sana butun dunyo boʻylab keng nishonlanadi va bundan asosiy maqsad aqlan va jismonan nuqsoni bor zamondoshlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdir.

Viloyatimizda “Hech bir bola davlatimiz va jamiyatimizning e’tibori va mehridan chetda qolmaydi” shiori ostida viloyatdagi umumta’lim maktablarida 2021/2022 o’quv yilida uyida yakka tartibda ta’lim oluvchi oʻquvchilar holidan xabar olish tadbirlari davom ettirilmoqda.

Bugun, 3-dekabr. Samarqand davlat chet tillar institutining “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi jamoasi koʻngli yarim yurtdoshlarimiz holidan xabar olish hamda ularga moddiy va maʼnaviy jihatdan yordam berish maqsadida Past Darg’om tumaniga borishdi.

Shuningdek, Past Darg’om tuman XTBga qarashli 111-sonli umumta’lim maktabi o’quvchilari bilan uchrashib, holidan xabar olindi va kerakli oʻquv qurollari hamda qish mavsumini inobatga olgan holda mavsum kiyimlari bilan ta’minlandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

 

chop etish